APL tarixida Konte va Gvardiolaga teng keladigani topilmadi

  • 6 fevral, 2018, 17:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi ustozi Antonio Konte hamda “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola ayni damda Angliya Premer-ligasi tarixida g‘alabalarning foizdagi hisobi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi.

Tecno

APLda eng kamida 5 ta bahsda bosh murabbiy sifatida ishlagan mutaxassislar o‘rtasidagi statistikada italiyalik va ispaniyalik mazkur ikki murabbiy 70,3 % bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ya’ni, ular 70,3 % o‘yinlarda g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, ayni damda APLda “Manchester Siti” “Chelsi”ni 19 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!