APL to‘purari transferga qo‘yiladi

  • 1 iyun, 2020, 23:09
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyangga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqmadi, deya xabar bermoqda ESPN jurnalisti Jyulen Lorens.

30 yoshli gabonlik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi. Shu sabab klub jamoa sardorini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ushbu yozda transferga qo‘yishga majbur bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, "Arsenal" to‘purar futbolchini 34 million evroga baholamoqda. Hujumchi xizmatlarga "Barselona", "Real", "Chelsi", "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Obameyang "kanonirlar" libosida 32 ta o‘yinda 20 ta gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!