
APL turnir jadvalida yangi peshqadam (videosharh)
Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Lester" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. "King Power" o‘yingohida kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ndidi va Meddisonning gollari "tulkilar"ni vaqtincha peshqadamga aylantirdi.
Ayni damda bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda "Lester" 38 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Lempard shogirdlari esa 8-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar