APLda De Yong uchun 71 million evro to‘laydigan yangi klubi paydo bo‘ldi

  • 26 avgust, 2022, 14:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirmoqda. Klub gollandiyalik futbolchi uchun 71 million evro to‘lashga tayyor, deya xabar beradi “The Sun” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi Kataloniya klubida qolishni istamoqda, ammo "Barsa" himoyachi Jyul Kundeni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha mablag‘ topishi kerak, shuning uchun ular de Yongni sotishga qaror qilgan.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi kataloniyaliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Gollandiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!