
APLda yana bir futbolchi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
Angliyaning “Kardiff Siti” klubi himoyachisi Sol Bamba jarohati sabab mavsumning qolgan qismida boshqa maydonga tusha olmaydi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli frantsiyalik futbolchi APLning 29-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton”ga qarshi bahsda tizzasidan jarohat olgan va maydonni zambilda tark etgan.
“Afsuski biz kutgan eng yomon holat tasdiqlandi. Tibbiy ko‘riklar shuni ko‘rsatdiki, u bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. Ertaga u jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi”, - deydi jamoa bosh murabbiyi Nil Uornok.
Ma’lumot uchun, Bamba joriy mavsum premer-ligada jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Vest Xem" yarim himoyachisi Jek Uilshir ham bu mavsum boshqa maydonga tusholmasligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar