APLda yana bir top murabbiy ish boshlashi mumkin

  • 11.11.2019 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa boshqaruviga Luis Enrikeni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli ispaniyalik mutaxassis bu borada boshqa bir ispaniyalik murabbiy Unai Emerining o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda “kanonirlar” sport direktori Raul Sanlei ayni damda ishsiz hisoblangan Enrike bilan bog‘langan va ushbu masalada gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, Emeri boshchiligidagi “Arsenal” qatorasiga 5 ta uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmay kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Enrike faoliyati davomida "Roma", "Selta", "Barselona" va Ispaniya terma jamoalarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!