APLning 2024/25 yilgi eng yaxshi murabbiylari e’lon qilindi – Slot birinchi, Gvardiola top-10dan ham joy olmadi!

  • 24 may, 16:19
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Goal" portalining tahlilchilari 2024/25 mavsumida Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiylari reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini "Liverpul"ni chempionlikka olib chiqqan Arne Slot egalladi.

Tecno

Ikkinchi o‘ringa kutilmaganda "Nottingem Forest"ni yuqori natijalarga etaklagan Nunu Eshpiritu Santu munosib deb topildi. Kuchli uchlikni esa "Nyukasl" ustozi Eddi Xau yakunladi.

Yana shuningdek, kuchli o‘ntalikka quyidagi murabbiylar kirdi: Unai Emeri, Tomas Frank, Vitor Pereyra, Fabian Xyurtseler, Mikel Arteta, Entso Mareska va Andoni Iraola.

E’tiborlisi, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu reytingda top-10dan o‘rin olmadi. Artetaning ham kuchli beshlikka kira olmagani muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
25/05/2025 23:31
Жуда тугри. Манчестер бу йил арзигулик хеч бир иш килмади