Aprel va May oyida tashkil etiluvchi professional boks olamidagi super janglar bilan tanishing!

  • 22 mart, 2022, 18:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning aprel hamda may oylarida ham professional boks olamida bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan super qarama-qarshiliklarni guvohiga aylanamiz.

Tecno

Shubhasiz, mazkur janglar muxlislarda katta qiziqish uyg‘otishi turgan gap. Shunday ekan, biz ushbu oylarda tashkil etiladigan ajoyib janglarni ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz. 

16 aprel, AQSh

Eroll Spens (AQSh, 27-0,21 KO) - Yordenis Ugas (Kuba,26-4,12 KO)

Tom ma’noda muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ladigan jang, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur jang yarim o‘rta vazn (66,7 kg) toifasida WBC, WBA, IBF chempionlik kamarlari uchun bo‘lib o‘tadi. Errol Spens amaldagi WBC hamda IBF chempioni bo‘lsa, WBA chempionlik kamari Ugasga tegishli. Bir so‘z bilan aytganda ushbu to‘qnashuv juda qiziqarli o‘tishi tayin. 

ugas

23 aprel, Buyuk Britaniya

Tayson Fyuri( Buyuk Britaniya, 31-0-1,22 KO) - Dillian Uayt (Buyuk Britaniya,28-2,19 KO)

Super og‘ir vazn toifasida yaqqol dominantlardan biri Fyuri hamda Uayt jangi Uelsning Kardiff shahrida tashkil etiladi. Albatta, har doim bu diviziondagi janglar barchada katta qiziqish uyg‘otgan. Ayniqsa, "Lo‘lilar qiroli" deya nom olgan Tayson Fyurining janglari boksga ishqiboz bo‘lmaganlarning ham e’tiboridan chetda qolmaydi. Mazkur qarama-qarshilik WBC chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Ushbu titul esa anglab turganingizdek Fyuriga tegishli. Uayt esa da’vogar maqomida...Shubhasiz, ushbu jangda favorit Tayson Fyuri, biroq bu professional boks va Uayt ham yaxshi saviyadagi charmqo‘lqop ustasi sanaladi. 

ua

30 aprel, AQSh

Oskar Valdes (Meksika, 30-0,23 KO) - Shakur Stivenson ( AQSh, 17-0,9 KO)

Las Vegas shahrida joylashgan "MGM Grand" arenasida bo‘lib o‘tadigan ushbu jang, yarim engil vazn (58,9 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. O‘rtaga WBC hamda WBO chempionlik kamari tikilgan. Valdes WBC chempioni bo‘lsa, WBO kamari Stivensonga tegishli. Ular kamarlarni birlashtiruvchi jangda o‘zaro hisob-kitob qiladilar. 

shak

7 may, AQSh

Saul Alvares (Meksika, 57-1-2, 39 KO) - Dmitriy Bivol (Rossiya, 19-0,11 KO)

Las-Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile Arena" mezbonligidagi ushbu qarama-qarshilik butun dunyo diqqat e’tiborida bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Mazkur bahs yarim og‘ir vazn (79.4 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. O‘rtaga Dmitriy Bivolga tegishli WBA chempionlik kamari tikilgan. Xabaringiz bor, Saul Alvares bir vazn pastda ya’ni 76,2 kgda mutlaq chempion hisoblanadi. 

Ketma-ket duch kelgan raqiblarni dog‘da qoldirayotgan "Kanelo"ni Bivol to‘xtata oladimi yoki aksincha, buni tez orada bilib olamiz. 

kanelo

Hozircha shular, yana may oyida bir qator janglar o‘tkazilishi mumkin. Bu borada, muzokaralar olib borilmoqda. Biz esa mana shunday super janglar anonsi bilan tanishtirib borishda davom etamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!