Arab ko‘rfazi kubogi. Qatar BAA bilan durang o‘ynadi
Arab ko‘rfazi kubogi birinchi turi doirasidagi Qatar - BAA bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Dastlab, 17-daqiqada Akrom Afif penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Yaxyo Al-Gassani hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, ikkala terma ham bir ochkodan bo‘lib olishdi. Bu ikki terma O‘zbekiston terma jamoasining "JCh-2026 saralashi" doirasidagi so‘nggi raqiblaridan hisoblanadi. "Oq bo‘rilar" 5 iyunda safarda BAA bilan bellashsa, 10 iyunda Qatarni qabul qiladi.



Fikrlar