Arda Gyuler qachon safga qaytadi?
"Real"ga ushbu yozda kelib qo‘shilgan Arda Gyuler mashg‘ulotlarda jarohat olib, jamoaning bironta o‘rtoqlik bahsida maydonga tushmadi.
Turkiyalik insayder Yag‘is Sainchouglu xabar berishicha, Gyulerning davolanishi uchun kamida ikki hafta kerak bo‘ladi. Ayni paytda u Madridga qaytgan.
Ma’lumot uchun, Ardaning transfer "qaymoqranglilar"ga 20 million evroga tushgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha qilib belgilangan.

Fikrlar