
Argentina yana bir etakchisini yo‘qotdi
Xabaringiz bor, FIFA kunlarida CONMEBOL mintaqasida ham Jahon chempionati uchun saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Unda Argentina terma jamoasi Urugvay va Braziliyaga qarshi qiyin uchrashuvlarni o‘tkazadi. Bellashuvlar oldidan jamoa jiddiy yo‘qotishga uchragani ma’lum qilindi. Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra , terma jamoaning asosiy hujumchisi Lautaro Martines mushaklardagi diskomfort sababli mashg‘ulotlar bazasini tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messining ham ushbu yig‘inlarda ishtirok eta olmasligi e’lon qilingandi.
Fikrlar