Argentinalik mashhur futbolchi maydonga qaytmoqchi
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Esekel Lavessi futbolchilik faoliyatini tiklamoqchi, deya xabar bermoqda Clarin Deporte nashri.
Ta’kidlanishicha, 34 yoshli futbolchi o‘g‘lining iltimosiga ko‘ra yaqin vaqtlar ichida Argentinaning "Rosario Sentral" klubi tarkibiga qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida 2019 yil iyun oyida faoliyatini yakunlagan Lavessi "Napoli" va PSJ kabi klublarda to‘p surgan.

Fikrlar