
Arman, qozoq va qirg‘izlar endi Rossiya chempionatida legioner hisoblanmaydi. O‘zbeklarchi?
Rossiya klublarida to‘p surayotgan Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston futbolchilari kelasi mavsumdan boshlab, legioner hisoblanmaydi. Bu haqda bugun Rossiya futbol ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi majlisida qaror qabul qilinadi.
2019 yilning fevral oyidan Belarus futbolchilari ham Rossiya chempionatida legioner sifatida qayd etilmayapti.
Bu qaror Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgani ta’sirida qabul qilingan. O‘zbekiston bu tuzulmaga rasman kirmagani bois, o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari Rossiya chempionatida legioner maqomida o‘ynayveradi.
Fikrlar