Arnold: "Klublar o‘rtasidagi JCh - "Real"dagi debyutim uchun ajoyib boshlanish"

  • 14 iyun, 17:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ga yaqinda qo‘shilgan angliyalik himoyachi Trent Aleksandr-Arnold Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati? AQShga borib, bunday nufuzli musobaqada qatnashish — ayniqsa bunday ajoyib jamoa safida — ideal boshlanish. Bundan yaxshiroq stsenariyni tasavvur qila olmayman" — deya Trentning so‘zlarini keltiradi ispan nashrlari.

Aleksandr-Arnold iyun oyi boshida "Liverpul"dan "Real" safiga o‘tdi va uning rasmiy taqdimoti payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 26 yoshli futbolchi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuvda jamoa safida debyut qilishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!