“Arsenal” 200 millionga jamoani chempion qiladigan o‘yinchilarni oladi

  • 17 may, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” Angliya Premer-ligasida katta ustunlik bilan uzoq muddat peshqadamlik qilganidan keyin ko‘pchilik Mikel Arteta shogirdlaridan chempionlikni kutayotgan edi.  

Hal qiluvchi pallada “kanonirlar”ning ustunlikni ushlab qolishga kuchi etmadi. “Manchester Siti” chempionlik poygasida “Arsenal”dan o‘zib ketdi.

The Times nashrining yozishicha, Mikel Arteta kelasi mavsum oldidan jamoasini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

Klub rahbariyati transferlar uchun 200 million evro mablag‘ ajratishga qaror qilgan. Mutasaddilar ro‘yxatining eng yuqori qismida “Vest Xem” etakchisi Deklan Rays va “Brayton”da porlayotgan Moyzes Kaysedo qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!