“Arsenal” 500 million yevroga baholangan yulduz bilan maxfiy muzokara o‘tkazdi
Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubi sport direktori Andrea Berta jamoa tarkibini kuchaytirish uchun Madriddan oʻyinchi olib kelmoqchi.
“Kanonirlar” ilgari “Manchester Siti”da oʻynab, keyinlik “Atletiko”ga oʻtib ketgan argentinalik forvard Xulian Alvaresni olib kelishni maqsad qilgan.
Andrea Berta London superklubiga kelishidan avval Madridning “Atletiko” klubida 12 yil ishlagan. Mikel Arteta uning sobiq klubi bilan doʻstona aloqalarni saqlab qolganidan foydalanib katta transferni uddalamoqchi.
Qolaversa, Andrea Berta Alvaresning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Fernando Idalgo bilan ham juda zoʻr munosabatda.
Manbaga koʻra, ispan klubi vakillari argentinalik futbolchining tomoni bilan norasmiy muzokara oʻtkazib, rasmiy taklif bildirishdan oldin uning maqsadini aniqlashga harakat qilgan.
Tahmin qilinishicha, Alvares shartnomasida 500 million yevro miqdorida tovon puli bandi mavjud. Tabiiyki, biror jamoa bu oʻyinchiga bunaqa summa tikmaydi. Ekspertlarning taʼkidlanishicha, madriddliklar yozda Alvares boʻyicha 100 million yevrodan boshlangan taklif boʻlsa, uni qabul qiladi.
Forvard madrid jamoasida 2024 yil yozidan beri oʻynab kelmoqda. Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 28 ta oʻyinda ishtirok etib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, bozor qiymati 100 million yevro.

Fikrlar