"Arsenal" "Ayaks" himoyachisi uchun katta summa taklif qildi

  • 28 iyun, 2023, 11:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Ayaks" himoyachisi Yurrien Timberni yozgi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, "to‘pchilar" u uchun yangilangan 40 million funt sterlinglik taklif bilan chiqishga tayyor. Avvalroq, amsterdamliklar u uchun taklif qilingan 30 million funtlik taklifni rad etgani haqida xabarlar chiqqandi. 

Ma’lumot uchun, "Arsenal" ayni vaqtda Kay Xaverts transferi ustida ham ishlamoqda. "Chelsi" futbolchisi yaqin vaqtlar ichida Londonning boshqa bir klubi a’zosiga aylanishi kutilyapti. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!