"Arsenal" Braziliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda

  • 19 iyul, 2022, 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi “Lion” yarim himoyachisi Lukas Paketaning transferi borasida hali ham umidini so‘ndirmayapti, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Tecno

Oldinroq frantsuz klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchining transferidan 80 million evro ishlab olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Paketaning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi esa 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Braziliya terma jamoasi a’zosini 35 million evroga baholamoqda. U o‘tgan mavsum “Lion” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!