"Arsenal" Emeriga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 17 oktabr, 2019, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini iste’foga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

The Athletic nashrining yozishicha “kanonirlar” ispaniyalik mutaxassis o‘rniga o‘zlarining sobiq futbolchisi Freddi Yungbergni tayinlashmoqchi. Aytish kerakki, shvetsiyalik mutaxassis ayni damda Emeriga assistentlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yunberg 1998-2007 yillarda “Arsenal” safida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “Arsenal” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Emeri iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!