“Arsenal” endi “Bavariya” futbolchisini nishonga oldi

  • 16 iyul, 2022, 16:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Bavariya" vingeri Leroy Sanega qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi “Bild” nashri.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyati Saneni 70 million evroga baholamoqda.

Oldinroq 26 yoshli germaniyalikning agenti o‘z mijozi xizmatlarini "Chelsi" va "Real"ga taklif qilgani, chunki Sane faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Germaniya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.

Leroy o‘tgan mavsumda nemis grandi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!