"Arsenal" himoyachisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi

  • 25 iyul, 2020, 08:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi himoyachisi Shkodran Mustafi jarohati sabab mavsumning qolgan uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Germaniyalik futbolchi APLning so‘nggi turidan o‘rin olgan "Uotford" va "Chelsi"ga qarshi Angliya kubogi final bellashuvlarida jamoasiga yordam berolmaydi.

Mustafi Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan.

Shkodran joriy mavsum APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!