
"Arsenal" himoyachisi uchun mavsum yakunlandi
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rob Xolding katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismida boshqa maydonga tusha olmaydi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli angliyalik futbolchi APLning o‘tgan turida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.
Tez orada “kanonirlar” Xoldingning salomatligi to‘g‘risida rasmiy bayonot berishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xolding joriy mavsum “Arsenal” safida premer-ligada 10ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar