
"Arsenal" Italiya bozorini o‘rganmoqda
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub rahbariyati buning uchun Italiya A Seriyasi bozorini o‘rganmoqda.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, "kanonirlar" "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimhen va "Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martinesni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Qayd etilishicha, “Arsenal” yozda ushbu futbolchilardan biri uchun taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.
Oldinroq "Arsenal" Xvichi transferiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
“Arsenal” ayni damda 54 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar