
“Arsenal” jamoani birdan kuchaytiradigan ikki o‘yinchi uchun “dahshatli” summa tikadi
“Arsenal” kelasi mavsum oldidan jamoan tarkibini jiddiy kuchaytirishga qaror qildi.
Mikel Arteta hujum chizig‘iga yangi o‘yinchilar olishni reja qilyapti. The Guardian nashri “kanonirlar” birdaniga ikki hujumchini transfer qilmoqchi ekanini aytmoqda.
Bosh murabbiy o‘z jamoasida “Nyukasl” vakili Aleksandr Isaak va “Kristal Pelas” vakili Maykl Oliseni ko‘rmoqchi. Arteta klub rahbariyatida bu ikki ijrochini birdaniga transfer qilishni so‘ragan.
Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, Isaak va Olise “Arsenal”ga kamida 193 million evroga tushadi.
Fikrlar