“Arsenal” jamoani chempion qiladigan yulduzlardan uchtasini olmoqchi

  • 1 may, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” Angliya premer-ligasi va xalqaro maydonda yuqori natijalarni ko‘rsatish uchun kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, “kanonirlar” yozda uch nafar mashhur o‘yinchini transfer qilmoqchi. Bosh murabbiy Mikel Arteta o‘z jamoasida “Vest Xem” etakchisi Deklan Rays, “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedo va “Chelsi”dan ketishni istayotgan Meyson Mauntni ko‘rmoqchi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, londonliklarga bu transferlarni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki Angliyaning bir necha grand klublari aynan mana shu futbolchilarni nishonga olgan.

“Arsenal” yangi o‘yinchilarga joy ochish maqsadida bir necha futbolchilarini sotuvga qo‘yadi. Rahbariyat birinchi navbatda Kiran Tirni va Folarin  Balogun bilan xayrlashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!