
“Arsenal” O‘zilga o‘rinbosarni “Real”dan oladi
“Arsenal” rahbariyati “Real” tomonidan transferga qo‘yilgan pleymeyker Iskoni olib kelishga bel bog‘ladi. Ispan yarim himoyachisi London klubini tark etishga hozirlik ko‘rayotgan Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” rahbariyati Isko transferi uchun 36 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan. Biroq, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan futbolchisini 45 million evrodan kamiga qo‘yib yubormayapti.
Iskoning madridliklar bilan bitimi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Hozir unga “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Tottenxem” kabi jamoalardan ham qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar