"Arsenal" "Real"dan yarim himoyachi ijaraga olmoqchi

  • 21 yanvar, 2023, 01:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi "Real" futbolchisi Eduardu Kamavinga. "Evening Standart" nashri xabar berishicha, "Kanonirlar" yarim himoyachini ijaraga olmoqchi.

Tecno

Anchelotti oxirgi paytlar frantsuzga kam ishonch bildirmoqda. Sababi, uning pozitsiyasida juda ko‘plab o‘yinchilar mavjud. Bu esa 20 yoshli futbolchining mavsumni qolgan qismini Angliyada o‘tkazishi mumkinligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, Kamavinga "Real" tarkibida ushbu mavsum 26 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!