"Arsenal" Saliba bilan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda

  • 12.09.2025 02:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi asosiy markaziy himoyachisi Vilyam Salibaga yangi 5 yillik shartnoma taklif etmoqchi. Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hali kelishuvga erishilmagan, ammo tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq "kanonirlar" Bukayo Saka bilan ham yangi shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Hozirgi paytda Salibaning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. 24 yoshli himoyachi Transfermarkt tomonidan 80 million evro baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil davomida futbolchi nomzodi bir necha bor Madridning "Real" klubi bilan ham bog‘langan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!