
"Arsenal" "Sautgempton" yarim himoyachisini ham sotib olmoqchi
Yakuniga etgan mavsumni APLning 20-o‘rinida yakunlab, Chempionshipga yo‘l olgan "Sautgempton"ni bir qator futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Ular orasida Romeo Laviya ham bor. Yarim himoyachiga "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqishlar mavjud.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Laviya uchun kurashda "Arsenal" favorit bo‘lib turibdi. Ammo klubning bor e’tibori Moyses Kaysedoga qaratilgan. Agarda "kanonirlar" "Brayton" bilan kelishib olmasa, Laviyani sotib olishga harakat qiladi. Londonliklar ayni dam Deklan Raysni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" 2024 yilda Romeoni qayta sotib olish bandini faollashtirish imkoniga ega.
Fikrlar