
"Arsenal" yana bir futbolchi sotib olishga yaqin turibdi
"Arsenal" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Arteta jamoaga bitta himoyachi olib kelishni istagandi va jamoa Yurrien Timberni sotib olishga harakat qilayotgandi.
Niderlandiya nashrlari "kanonirlar" va "Ayaks" kelishib olgani haqda yozmoqda. Mazkur xarid londonliklarga 47 million evroga tushishi kutilmoqda. Bundan oldingi taklif rad qilingandi.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" Timberdan tashqari, Deklan Rays va Romeo Laviyani ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Klub yaqindagina Kay Xaverts transferini e’lon qilgandi.
Fikrlar