«Arsenal» yozda qo‘lga kirita olmagan futbolchiga qishda yana bir bor urinib ko‘radi
Angliya terma jamoasi va Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Jarell Kuansa yozgi transfer oynasi davomida Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan. Bu haqida jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avgust oyida «Arsenal» 23 yoshli futbolchi uchun 65 million yevro taklif etgan. Biroq «Bayer» rahbariyati bu taklifni rad etgan. Shu bilan birga, qishki transfer oynasida londonliklar himoyachi uchun yana bir bor rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Ushbu kurashda amaldagi Angliya chempionlari uchun asosiy raqobatchi sifatida «Chelsi» tilga olinmoqda.
Jarell Kuansa o‘tgan yil yozidan beri Leverkuzen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Bundesligada Kuansa to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar