
"Arsenal" yozda "Real" yulduzini sotib olishga urinib ko‘radi
"Arsenal" klubi yozda katta transferga qo‘l urmoqchi. Jamoa yozda shartnomasi yakuniga etadigan "Real Madrid" futbolchisi Isko Alarkonni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.
Shuningdek, yarim himoyachini "Sevilya" va bir qator Qatar klublari ham kuzatib bormoqda. Ispanning o‘zi hali Madriddan ketish yoki qolish borasida aniq qarorga kelmagan.
Ispaniyaning ko‘plab OAVlari 29 yoshli iste’dod sohibining "qaymoqranglilar" bilan sharnomasini uzaytirmasligi haqida habar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Isko ushbu mavsum La Ligadagi 10 bahsda 1 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar