
"Arsenal" "Yuventus" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
Londonning “Arsenal” klubi “Yuventus” himoyachisi Daniele Rugani bilan kelishuvga erishdi.
Corrierre dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 25 yoshli italiyalik futbolchiga yiliga 4 mln evro maosh to‘lashga rozi bo‘lishgan.
Endi ushbu transfer yakunlanishi uchun klublar o‘zaro kelishib olishlari kerak. Turinliklar Ruganini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 40 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, dastlab “Arsenal” Ruganini ijaraga olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, “Yuve” rahbariyati bu taklifga rad javobini bergan.
Ma’luot uchun, Rugani o‘tgan mavsum jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar