“Arsenal” zo‘r o‘yinchining maoshini to‘rt baravar oshirdi

  • 24 mart, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” o‘z tarbiyalanuvchisi Bukayo Sakani jamoada ushlab qolish uchun unga yangi shartnoma taqdim etadi.

Tecno

Saka ikki yil muqaddam amaldagi shartnomasi uzaytirib, 2024 yilning yarmigacha davom etadigan bitim tuzgandi. Biroq, o‘yini ochilib borayotgan futbolchining xaridorlari ko‘payib ketayotganini inobatga olgan “kanonirlar” uning maoshini oshirishga qaror qildi.

The Sun nashrining ta’kidlashicha, 20 yoshli futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirsa, maoshi to‘rt baravar oshadi. Aniqroq aytganda, Saka imzo chekishi bilan har hafta 150 ming funt miqdorida xizmat haqi oladi.

Kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan Bukayo Saka joriy mavsumda Angliya chempionatida 28 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urdi va beshta golli pas muallifi bo‘ldi. U o‘ng va chap qanot yarim himoyachi va chap tomon himoyasida o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!