Arteta "Arsenal"dan "Real" yulduzini sotib olishni so'radi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Juniyorga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, braziliyalik yulduzga bo‘lgan qiziqish shaxsan "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta tomonidan bildirilgan. Uning aytilishicha, ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan Vinisiusni jamoaga olib kelish imkoniyatini o‘rganib chiqishni so‘ragan. Arteta uchun «qirollik klubi»ning vingeri haqiqiy orzu transferi hisoblanadi. Murabbiy Vinisiusni "Arsenal" hujumida yetishmayotgan hal qiluvchi bo‘g‘in deb biladi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli Vinisius barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 53 ta o‘yinda maydonga tushdi, 22 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 140 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar