
Arteta: "Arsenal" jim qarab o‘tirmaydi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transfer vaqtidagi rejalari haqida ma’lum qildi.
"Jamoani kuchaytirish uchun rejalar tuzib chiqyapmiz. Ma’lum sabablar ortidan, so‘nggi uch-to‘rt yilda klub kerakli natijalarni qayd eta olmadi. Agar "Arsenal" jim qarab turaversa, boshqa klublar kuchayishda davom etadi. Men buni qabul qilish uchun kelmaganman.
Ayni vaqtda futbolchilarimiz ustida ishlash va ma’lum chiziqlar uchun kerakli futbolchilarni izlash asosiy maqsadimizga aylangan. Bu bizga yangi bosqichga chiqish va asta sekinlik bilan o‘sib borish imkonini beradi", - deydi Arteta.
"Arsenal" APL turnir jadvalida 40 ochko bilan 9 o‘rinda bormoqda.
Fikrlar