Arteta "Arsenal"ga "ko‘rshapalak" olib kelmoqchi

  • 27 mart, 2020, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Karlos Soler "Arsenal"ning transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini shaxsan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Lononda ko‘rmoqchi. O‘z navbatida “ko‘rshapalaklar” ham moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasliklari uchun jamoa etakchilaridan ayrimlarini sotib yuborishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Soler joriy mavsum “Valensiya” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!