Arteta: Bizga sehr kerak edi

  • 2 mart, 2023, 13:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta "Arsenal"ning "Everton" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi. 

London klubi APL 7-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Ilk 25 daqiqalikdagi o‘yinimizdan so‘ng g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Uchrashuv avvalida qiyin bo‘ldi. "Everton"ga qarshi har doim shunday bo‘lgan. 

Birinchi golni urishimiz bilan o‘yinimiz ochildi. Bizga biroz sehr kerak edi va Saka buni qildi. Keyinchalik biz g‘alaba qozonishga haqli o‘yin ko‘rsatdik. 

Jamoam xuddi men xohlaganimday to‘p tepayotganidan xursandman. Men jamoam ko‘rsatgan o‘yin sifatidan mamnunman", - dedi "to‘pchilar" ustozi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!