Arteta: Ularning mavqei biz intilayotgan natija

  • 29 mart, 2024, 22:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta "Manchester Siti"ning darajasi haqida gapirdi. 

Yakshanba kuni "Arsenal" va "Siti" APLning 30-turi doirasida Manchesterda to‘qnash keladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. 

"Biz Angliya kubogi va Superkubogida bir nechta to‘qnashuvlarga duch keldik. Ular plankani futbolda hech qachon bo‘lmagan darajada ko‘tarishdi. Biz o‘sha darajadan nimalarnidir o‘rgandik. Ularning hozirgi mavqei biz intilayotgan natija. Oxirgi ikki-uch yil ichida ularga ancha yaqinlashib qoldik. Biz oradagi farqni yo‘qotishimiz va ulardan yaxshiroq bo‘lishga intilishimiz kerak", - dedi "to‘pchilar" ustozi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!