
Artur Italiyaning boshqa klubiga o‘tishga yaqin
"Yuventus" vakili Artur Melo ijara asosida "Fiorentina"ga yo‘l olmoqda. Yarim himoyachi va Italiya klubi o‘rtasida kelishuv amalga oshgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Jurnalistining so‘zlariga ko‘ra, "Fiorentina" braziliyalik futbolchini sotib olish imkoniyatiga ham egan. Agarda u mavsumni yaxshi o‘tkaza olsa, klub Arturni 20 million evroga xarid qiladi. Melo tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumni "Liverpul"da o‘tkazdi. U jarohat sabab, mersisaydliklar tarkibida 8 daqiqada o‘ynagan holos.
Fikrlar