
Arturo Vidal yana Italiyaga qaytishi mumkin
Ispaniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, xavbek yozda Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Futbolchiga "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda va uning maoshi borasidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vidal Italiyada "Yuventus" sharafini himoya qilgandi.
Fikrlar