Arturo Vidal yangi mavsumni "Inter"da o‘tkazadi
Milanning "Inter" klubi chililik yarim himoyachi Arturo Vidalning ijarasi masalasida "Barselona" bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda Inter News nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar “neradzurrilar”ning taklifini qabul qilishgan va ushbu transfer tez orada amalga oshiriladi. Ijara shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuziladi.
Eslatib o‘tamiz, Vidal uchun Italiya futboli begona emas. Boisi, u 2011-2015 yillarda “Yuventus” klubi sharafini himoya qilgan.



Fikrlar