
Artyom Lobov: "Xabib bilan hali tugallanmagan ishlar bor"...
MMA jangchichsi Artyom Lobov UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov va uning jamoasi bilan bo‘lgan mojaroni endi qanday qabul qilayotganini aytib berdi. Lobov u bilan do‘st bo‘lgan irlandiyalik jangchi Konor MakGregor va Xabib o‘rtasidagi janjalda ayblanuvchilardan biri bo‘lgandi.
"Men hamma narsa joyida deb aytma olmayman. Hali tugallanmagan ishlar mavjud. Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa hal bo‘ladi deb o‘ylayman. Ammo hozir unday emas. Rossiyada juda ko‘p muxlislarga egaman. Xabibning qo‘llab-quvvatlaydiganlar ham bisyor. Shubhasiz, uning tarafdorlari men haqimda turli xil gaplarni gapiradi. Men esa bunga qarshi emasman. Bu mening ismimni sarlavhalarda, internetdagi qidiruv natijalarida saqlaydi va shuning uchun menga yuqori maoshni tejashga yordam beradi”,-deya Lobovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda MMAJunkie
Fikrlar