Artyom Petrosyan: "Asosiysi, natijaga erishdik"
O‘zbekiston Kubogi nimchorak final bosqichi doirasidagi “Olimpik” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Artyom Petrosyan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- “Olimpik”ga imkoniyat bermaslikka harakat qildik va o‘z imkoniyatimizdan foydalanish harakatida bo‘ldik. Bitta imkoniyatdan foydalanib qoldik va 1:0 hisobida yutdik. Bunday o‘yinlarda qiyin. Rostini aytsam, ikkinchi bo‘limda biroz charchab qoldik. Lekin muhimi natija. Muxlislarimizga uzoq yo‘lni bosib kelib bizni qo‘llab turishgani uchun rahmat. Chorak finalga chiqdik, jamoamizni tabriklayman.
- Bugungi uchrashuvga futbolchilarni “nastroy” qilish qanchalik qiyin bo‘ldi? Birinchi omili “Olimpik” aralash tarkib bilan o‘ynadi. Ikkinchisi, futbolchilar birinchi davra yakunida tezroq uyga qaytish kayfiyatida bo‘ladilar.
- Balki bo‘lishi mumkin. Lekin o‘yindan oldin yigitlarga kimga qarshi o‘ynashimizni farqi yo‘qligini va muhimi bor kuchni ishga solish haqida aytgandik. “Olimpik”ni o‘z filasofiyasi bor. “Olimpik”da kim o‘ynasa-o‘ynamasa jamoa baribir to‘pni nazorat qiladi, hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. To‘pni yo‘qotgandan keyin pressinga o‘tadi va tez qarshi hujumlarga o‘ta oladi. Shu bois biz bu uchrashuvga yaxshi “nastroy” qilgandik. Futbolchilardan minnatdormiz. Asosiysi, natijaga erishdik.
- Birinchi davrada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan Sunnatilla Abdullajonov, Demir Imeri kabi futbolchilar qanchalik muvaffaqiyatsiz transfer bo‘ldi yoki ular raqobatda yutqazishdimi?
- Imeri yomon futbolchi emas, yaxshi o‘yinchi. Lekin jamoamizga, chempionatimizga biroz to‘g‘ri kelmadi. Qo‘shnilarimiz xafa bo‘lishmasinu, Qozog‘iston chempionati saviyasi biznikidan pastroq ekan. Balki u boshqa klubda o‘ynab ketar, ammo bizni jamoamizga moslashib keta olmadi. Abdullajonov yaxshi o‘yinchi. Harakat qildi. Lekin raqobatda yutqazdi. Ammo mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayapti, bu borada e’tiroz yo‘q.
- Chorak finalda ”Andijon”ga qaysi raqib duch kelishini istaysiz?
- Bizga farqi yo‘q. Bosqichma-bosqich harakat qilib boraveramiz. Hozir chorak final haqida o‘ylaymiz.



Fikrlar