
Arveladze va uning murabbiylar shtabi yurtlariga jo‘nab ketmoqda
Biroz avval, "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoani tark etayotgani borasida xabar bergandik. Bu haqda fan klub sardori Javohir Shokirov instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qilgandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Arveladze va uning murabbiylar shtabi bugun tunda yurtlariga jo‘nab ketadi. "Paxtakor"da unga ukasi Archil Arveladze, Piter Xyuistra, Gocha, Tkebuchava va Laslo Yambor yordam berayotgandi.
Shota Arveladze "Paxtakor"ni tark etmoqda. Fan klub sardori murabbiy bilan xayrlashdi (Foto)
Hozircha, Shota Arveladzening "Paxtakor"ni aniq tark etgani borasida rasmiy ma’lumot yo‘q. Uning shartnomasi yakunlanganligi va yangi yil arafasida ekanligi bois yurtiga jo‘nab ketayotgan bo‘lishi ham mumkin.
U mavsum yakunlangach o‘ziga bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishini aytgandi. Avvalroq, "Paxtakor" klubi rahbarlari ham Arveladzening ishidan qoniqayotgani va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligini xabar bergandik.
Ko‘ramiz, gruziyalik mutaxassis rostdan ham jamoani tark etdimi yoki yana qaytadimi? Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar