AS: "Barselona" hali ham Messi bilan kelishuvga erishgani yo‘q
Hujumchi Lionel Messi va Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati o‘rtasida yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Oldinroq OAVda "ko‘k-anor ranglilar" tez orada 34 yoshli argentinalik bilan hamkorlik muddati uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu hali amalga oshmagan.
Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnomaning amal qilish muddati shu oyning oxirida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel butun faoliyatini Kataloniya jamoasida o‘tkazgan. Hujumchi Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida 35ta o‘yin o‘tkazib, 30ta gol (uchtasi penaltidan) va 9 ta golli pasga mualliflik qilgan.

Fikrlar