Ashaddiy raqib “Siti” fanatlarini shokka tushirmoqchi

  • 23 yanvar, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da o‘yini yurishmay qolgan Jek Grilish faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Tecno

29 yoshli hujumkor futbolchini bir necha klublar ko‘zlab turibdi. Ular orasida “shaharliklar”ning ashaddiy raqib “Manchester Yunayted” ham bor.

Yaqinda “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jek Grilishdan jamoa trebl qayd etgan 2022-2023 yilgi mavsumdagi o‘yinlarini kutayotganini ta’kidlagan edi.  

Biroq Grilish o‘yinida sezilarli darajada ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. The Sun nashrining yozishicha, tajribali futbolchi muhitni o‘zgartirish maqsadida “Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Agar bu transfer amalga oshsa, “Manchester Siti” muxlislari uchun shok xabar bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!