Asror Aliqulov: "O‘yin gollarga boy o‘tmasligi aniq edi"

  • 10 avgust, 2024, 11:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing navbatdagi turida “Mash’al” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Asror Aliqulov bir qator savollarga javob qaytardi.

- O‘yinga tayyorgarlik jarayonida futbolchilardan ko‘proq bosimni engishni talab qilgandik. Bu jihatdan xotirjamlik va hujumni boshlash jarayoni, lekin ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslik, standart holatlarga e’tibor qaratilgandi. Biroq hayajonni engga olmadik. Birinchi bo‘limda juda ko‘p xatolar bo‘ldi. Vaziyat yaratdik, birga-bir holatga chiqdik. Afsuski, gol ura olmadik. Ikkinchi bo‘limni yaxshiroq boshladik. Keyinchalik oddiy epizodda gol o‘tkazib yubordik. Oxirida ko‘proq vabank – gol urish uchun katta kuch bilan oldinga o‘tdik. Qaysidir holatda futbolchilarga mahorat va ayrimlariga xarakter va ikkinchi kuch etishmagani yaqqol bilindi.

-  “Mash’al” “Qo‘qon-1912”ni ikkita o‘yindan beri yuta olmayapti. Ammo turnir jadvalida jamoa har doim qo‘qonliklardan oldinda. Buni nimani hisobiga deb o‘ylaysiz?

- Biz “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvlarda kamroq vaziyatlar yaratyapmiz. Masalan, o‘tgan o‘yinda raqib maydonida ikkita gol urdik, ammo uchta gol o‘tkazib yubordik. Oldiga katta vazifalar qo‘ygan jamoalar uchun bitta uchrashuvda buncha gol o‘tkazish ko‘p deb o‘ylayman. Bugun ham o‘yin gollarga boy o‘tmasligi aniq edi, bitta golgacha edi. Kam sonli yaratiladigan imkoniyatlardan albatta foydalanishimiz kerak edi. Ibrohim G‘anixonov yakkama-yakka imkoniyatdan gol urganida o‘yin stsenariysi boshqacha bo‘lardi. “Qo‘qon-1912” ochilishga majbur bo‘lardi, oldinga chiqardi. Lekin ular gol urishdi, yana yopildi, vaqt cho‘zishga harakat qilishdi va g‘alabani olib ketishdi.

- Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilardan deyarli foydalanmadingiz...

- Ayrimlari jarohatda. Mashg‘ulotlarni yaqinda boshlashdi. Shu bois hali 100 foiz tayyor emas. Qaysidir holatda Rashidxonovni va yana birini maydonga tushirish uchun ushlab turgandik. Ammo o‘yin holatidan kelib maydondagilarga ishonch bildirishda davom etdik. Keyingi uchrashuvlarda ularga ham imkoniyat beramiz. Tezroq o‘z sport formasini tiklab olishadi.

- Zaxiradan uch nafar futbolchini almashtirdingiz. Lekin sizda yana ikkita o‘yinchi almashtirish imkoniyati bor edi. Bunga ehtiyoj bo‘lmadimi yoki boshqa rejalaringiz bormidi?

- Raqib chuqur himoyalanganidan keyin tezkor va kreativ futbolchilar kerak. Rashidxonov qandaydir holatda bu o‘yinda yordam berishi mumkin edi. Ammo boshqa jihatlarini hisobga olib, Babatungega imkoniyat berdik. Zich himoyalanib turganida futbolchidan mahorat talab qilinadi. Rashidxonovdan boshqa futbolchilarning mahoratiga ikkilandik. O‘yin vaqtini hisobga olib, biz boshqa o‘yinchi almashtirmadik.

- Chigozi bilan shartnoma bekor bo‘ldi. Bunga nima sabab?

- Bu ko‘proq natijalardan. U ikki davra jamoamizda bo‘ldi, harakat qildi. Boshida hammasi 50x50 edi. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. Samuel raqobatda yutqazdi. Legioner futbolchini zaxirada ushlab turishni xohlamadik va rahbariyat u bilan shartnomani bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
10/08/2024 12:00
Эй Асрор, бу ўйинларинг билан суперлигани орзуям қиманглар.