"Atletik" asosiy hujumchisi bilan shartnomasi 2028 yilga qadar uzaytirdi

  • 12.08.2019 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchi Inyaki Uilyams bilan amaldagi kelishuvni uzaytirganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 25 yoshli futbolchi bilbaoliklar bilan 2028 yilgacha tuzilgan shartnomaga imzo chekdi. Yangi kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 88 mln evrodan 135 mln evroga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Uilyams “Atletik”da 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U asosiy jamoada 2014 yilda debyut qilgan. O‘tgan davr mobaynida u jami 204ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z nomiga 49ta gol hamda 27ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!