
"Atletik" qarshisida ojiz qolgan "Real" yarim finalda to‘xtadi!
Ispaniya superkubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi ham o‘tkazildi. "Real" va "Atletik" jamoalari o‘rtasida kechgan bahs nominal mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bilbaoliklar birinchi bo‘limdayoq, 2 ta gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Dastlab, birga-bir vaziyatga chiqib borgan Raul Garsiya hisobni ochdi. Uning o‘zi 38-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi taymda faollikni oshirgan madridliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Katta sahnaga Karim Benzema chiqdi. Biroq Zidan shogirdlari o‘yin so‘ngiga qadar raqib darvozasiga boshqa yo‘l topa olmadi.
Endi "Atletik" hal qiluvchi uchrashuvda "Barselona"ga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin 17 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar